Markaziy bank Surxondaryo viloyati bosh boshqarmasiga Azamat To‘xtayev boshliq vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
A.To‘xtayev 1979 yil Boysun tumanida tug‘ilgan. 2002 yil Termiz davlat universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – bank ishi.
Mazkur tayinlovga qadar Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari - tijorat banklarida davlat maqsadli dasturlari ijrosini monitoring qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlayotgan edi.
Shuningdek, Muhiddin Murodov Surxondaryo viloyati hududiy «Yashil hudud» davlat unitar korxonasi direktori sifatida ish boshladi.

M. Murodov 1964 yil Sho‘rchi tumanida tug‘ilgan. 1992 yil Termiz davlat universitetini, 2000 yilda O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi o‘quv munosabatlari institutini tugatgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – agrobiolog, hisobchi-iqtisodchi.
Ushbu tayinlovgacha M. Murodov Surxondaryo viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.
Xolmo‘min MAMATRAYIMOV, O‘zA