Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tayinlov: Surxondaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
10:58 / 2022-03-09

Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi lavozimiga Xidirova Zulxumor Abdirashidovna tayinlandi.

Z.Xidirova 1968 yil Sho‘rchi tumanida tug‘ilgan. 1992 yilda Termiz davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi – filolog, ona til va adabiyoti.

Mehnat faoliyatini 1985 yilda Qumqo‘rg‘on tumanidagi “Yulduzcha” bolalar bog‘chasi tarbiyachisi vazifasidan boshlagan.

1992-2006 yillarda tumandagi 7-umumta’lim maktabi, 2006-2015 yillarda 1-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi, 2015-2017 yillarda 1-umumta’lim maktabi direktori o‘rinbosari, 2017-2020 yillarda tuman hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, 2020-2021 yillarda tuman hokimining o‘rinbosari – mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

2021 yildan Surxondaryo viloyati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

O‘zA