Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
TAYINLOV: Sirdaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
14:00 / 2020-12-21

Sirdaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib Ergashev Avazbek Yaqubjonovich tayinlandi.

Bu haqda viloyat hokimining matbuot xizmati xabar berdi.

Ergashev Avazbek Yakubjanovich 1966 yilda tug‘ilgan. Mehnat faoliyati davomida viloyat hamda vazirlik miqyosidagi rahbarlik lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

Ushbu tayinlovga qadar Avazbek Ergashev 2006 yilning 17 yanvaridan buyon Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumani hokimi vazifasida faoliyat yuritib kelgan. 

U endi yaqinda Xorazm viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga o‘tkazilgan Kamiljon Sobirov o‘rnida ish olib boradi.