Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tayinlov: Navoiy viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
07:44 / 2021-04-30

Atamurodov To‘lqin To‘ymurodovich Navoiy viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

To‘lqin Atamurodov 1982 yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan. 2002 yilda Toshkent moliya instituti, 2005 yilda esa O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini, 2015 yilda “Sun Yat-Sen” universitetini (Xitoy) tamomlagan.

Dastlab, DAT “Asaka bank” Toshkent shahar filiali, Nosavdo amaliyotlar bo‘limi 2-toifali mutaxassisi lavozimidan ish boshlagan To‘lqin Atamurodov mazkur lavozimga qadar “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

 

O‘zA