Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
TAYINLOV: Muhammadjon Obidov “Fargʻona haqiqati” – “Ferganskaya pravda” gazetalari tahririyatining bosh muharriri etib tayinlandi
15:29 / 2020-01-22

Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist Muhammadjon Obidov “Fargʻona haqiqati” – “Ferganskaya pravda” gazetalari birlashgan tahririyatining bosh muharriri etib tayinlandi.


Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist Muhammadjon Obidov “Fargʻona haqiqati” – “Ferganskaya pravda” gazetalari birlashgan tahririyatining bosh muharriri etib tayinlandi.

Fargʻona viloyati hokimligi muassisligidagi “Fargʻona haqiqati” gazetasi 1917-yilning 14-oktyabridan chiqa boshlagan. Uning ildizi Qoʻqon shahrida “El bayrogʻi” nomi bilan paydo boʻlgan gazetaga borib taqaladi. Gazeta 1921-yil may oyidan “Mehnat bayrogʻi”, soʻngra “Fargʻona”, 1926-yil 22-oktyabrdan esa “Yangi Fargʻona” nomi bilan chop etilgan.

1938-yil boshida Fargʻona viloyati tashkil etiladi va shu yilning may oyidan viloyat gazetasi “Kommuna” nomi bilan chiqa boshladi. 1993-yil dekabrdan hozirgi nomi bilan chop etib kelinmoqda. 2012-yilda tahririyat “Oltin qalam” tanlovining bosh milliy mukofotini qoʻlga kiritgan.

Maʼlumot oʻrnida: “Fargʻona haqiqati” –“Ferganskaya pravda” gazetalari tahririyatining bosh muharriri Gulbahor Saidgʻaniyeva Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputati etib saylandi. Shu bois bu lavozim boʻsh qolayotgan edi.