O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi Davlat organlari ob’ektlarini qo‘riqlash bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Yuldashev Erkin Zakirovich O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi Kinologiya markazi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Toshkent shahar qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘ining kadrlar va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari podpolkovnik Mirzabekov Mansurbek Mamurbekovich O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Toshkent viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi Qo‘riqlash boshqarmasi harbiylashtirilgan soqchilar va qorovullik bo‘linmalari ob’ektlarini qo‘riqlanishini tashkillashtirish bo‘limi boshlig‘i mayor Shukurov Dostonboy Rustamovich O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi Davlat organlari ob’ektlarini qo‘riqlash bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi Kadrlar boshqarmasi jamlash va hisobga olish bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi mayor Azimov Atabek Damirovich O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Toshkent viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘ining kadrlar va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Toshkent shahar qo‘riqlash boshqarmasi Mirzo Ulug‘bek tumani qo‘riqlash bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Djurayev Nodir Axmadjonovich O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Toshkent shahar Qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘ining kadrlar va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

O‘zA