Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tayinlov: Jizzax viloyati hokimiga o‘rinbosar – viloyat turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i tayinlandi
07:46 / 2021-04-30

Jizzax viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – viloyat turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i etib Sindor Sultonovich Rahmonqulov tayinlandi.

Sindor Rahmonqulov 1983 yilda tavallud topgan. 2004 yilda Toshkent davlat yuridik instituti (kunduzgi) va 2009 yilda Toshkent moliya instituti (sirtqi)ni tamomlagan.

U ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Jizzax viloyati hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

 

O‘zA