Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tayinlov: Jizzax viloyati adliya boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
10:41 / 2022-08-02

Adliya vazirining buyrug‘i bilan Ergashev Akmal Mamarasulovich Jizzax viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

A.Ergashev 1989 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, 2010 yilda Toshkent davlat yuridik universitetini bakalavr, 2012 yilda magistratura bosqichini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.

U adliya organlaridagi mehnat faoliyatini 2013 yilda Adliya vazirligi Qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazorat qilish bosh boshqarmasi Toshkent shahar hududiy bo‘limi Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari, prokuratura organlari faoliyatida qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazorat qilish sektori yetakchi maslahatchisi lavozimidan boshlab, vazirlik tizimida turli lavozimlarda ishlagan.

A.Ergashev  shu kunga qadar  Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

O‘zA