TAYINLOV: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining tegishli buyrug‘i bilan Ortiqov Shavkatjon Zokirjonovich Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha vazir maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.
Bu haqda Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti ma’lum qildi.
Sh.Ortiqov 2003 yilda O‘zbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. U ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar respublika markaziy nashrlarida samarali faoliyat yuritgan. “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan, “Oltin qalam” milliy mukofoti, “Yilning eng faol jurnalisti” tanlovlari g‘olibi bo‘lgan.