Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
TAYINLOV: Innovatsion rivojlanish vazirining birinchi oʻrinbosari tayinlandi
12:05 / 2020-10-09

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan (08.10.2020 №PQ-4854-son) Shahlo Oʻtkurovna Turdiqulova innovatsion rivojlanish vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan (08.10.2020 №PQ-4854-son) Shahlo Oʻtkurovna Turdiqulova innovatsion rivojlanish vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Shu kunga qadar Sh.Turdiqulova Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilgʻor texnologiyalar markazi direktori lavozimida ishlab kelgan.

Sh.Turdiqulova 1973-yil Toshkent shahrida tugʻilgan. 1995-yil Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universitetini tamomlagan.

Biologiya fanlari doktori, professor. “Doʻstlik” ordeni sohibasi.

Ilmiy faoliyati davomida 160 dan ortiq ilmiy ish, jumladan 2 ta oʻquv darslik va 2 monografiya chop ettirgan. Halqaro ilmiy matbuotda 40 dan ortiq maqolalari eʼlon qilingan. Xirsh indeksi - 11, ishlariga boshqa olimlar tomonidan iqtibos keltirish statistikasi - 1085, Oʻzbekistonda deyarli eng yuqori umumiy Impakt faktoriga ega – 149,5.