English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
TAYINLOV: G‘ozg‘on shahriga hokim tayinlandi
19:47 / 2020-11-05

Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashining navbatdan tashqari ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masalalar ko‘rib chiqilib, unda Azim Bozorov G‘ozg‘on shahar hokimi etib tasdiqlandi.

Navoiy viloyatining G‘ozg‘on shahri va Nurota tumani chegaralari o‘zgarishi hamda G‘ozg‘on shahri viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritilishi munosabati bilan Navoiy viloyati bo‘ysunuvidagi G‘ozg‘on shahar hokimligi tashkil etilgan edi.

Sessiyada shahar hokimi lavozimiga Azim Bozorov nomzodi ko‘rsatilib, deputatlar tomonidan tasdiqlandi.

A.Bozorov 1975 yil Navoiy shahrida tug‘ilgan. Mutaxassisligi bo‘yicha muhandis, iqtisodchi. Navoiy davlat Konchilik instituti va Bank akademiyasini tugatgan. 

2018 yildan buyon Uchquduq tuman hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida ishlab kelgan.

Shuningdek, sessiyada bir qator tayinlovlar amalga oshirildi. Jumladan, deputatlar Baxtiyor Isoqovni shahar prokurori, Azim Muhitdinovni shahar IIB boshlig‘i, Oybek Jo‘raqulovni shahar DSI boshlig‘i lavozimiga tasdiqlashdi.

Abduvali Bo‘riyev, Siroj Aslonov (foto), O‘zA