Tayinlov: Farg‘ona viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Kavlonova Komila Anvarovna - Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari - oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
U 1962 yilda Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan. Toshkent davlat madaniyat institutini tamomlagan. Toshloq tuman hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi Farg‘ona viloyati boshqarmasi rahbari, viloyat mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari vazifalarida ishlagan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi bo‘lgan. 2014 yilda "Shuhrat" medali bilan taqdirlangan.
2020 yil sentyabr oyidan buyon u Toshloq tuman mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
O‘zA