English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tayinlov: Farg‘ona viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
12:15 / 2021-05-04

Ahmedov Xurshidjon Rustamovich Farg‘ona viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari - viloyat turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

U 1979 yil 6 iyun kuni Qo‘shtepa tumanida ziyolilar oilasida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, Toshkent davlat sharqshunoslik institutini tamomlagan. Mutaxassisligi mintaqashunoslik.

Mehnat faoliyatini 2001 yilda “Asakabank” Farg‘ona viloyat bo‘limi mutaxassisi vazifasidan boshlagan. Marg‘ilon shahar hokimligi bosh mutaxassisi, Qo‘shtepa tumani hokimining o‘rinbosari-tuman investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i bo‘lgan.

X. Ahmedov 2020 yil 24 oktyabrdan buyon hozirga qadar Farg‘ona viloyati hokimining turizm va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ishlab kelgan.

 

M. Sulaymonov, O‘zA