Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
TAYINLOV: Energetika sohasiga yangi rahbar ayol tayinlandi
22:41 / 2020-03-10

Nilufar Botirova 25 yildan buyon uzluksiz ravishda energetika tizimida turli rahbar lavozimlarida faoliyat yuritib kelmoqda.


Energetika vazirligi tizimidagi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisining buyrugʻiga asosan “Toshkent hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati bosh direktori lavozimiga jamiyatning boshqarma boshligʻi Botirova Nilufar Nyutonovna tayinlandi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ matbuot xizmati xabariga koʻra, Nilufar Botirova 1977-yili Xorazm viloyatining Urganch shahrida tugʻilgan. 2004-yili Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini, 2008-yilda esa Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabini tamomlagan. Mutaxassisligi muhandis, biznes boshqaruvi.

2011-yili “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil“ va 2016-yilda “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligiga 25 yil“ esdalik nishonlari bilan taqdirlangan. 2015-yilda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tomonidan “Eng namunali boshlangʻich tashkilot” koʻrik-tanlovining respublika bosqichida 1-oʻrinni egallagan.

Nilufar Botirova 25 yildan buyon uzluksiz ravishda energetika tizimida turli rahbar lavozimlarida faoliyat yuritib kelmoqda.