Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
TAYINLOV: Bektemir Pirnafasov Navoiy viloyat hokimi matbuot kotibi etib tayinlandi
15:16 / 2022-01-01

Pirnafasov Bektemir Saidovich Navoiy viloyati hokimining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ushbu lavozimga tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasiga ko‘ra amalga oshirildi.

B.Pirnafasov tayinlovga qadar “Do‘stlik bayrog‘i” va “Znamya drujbы” gazetalari tahririyati bosh muharriri lavozimida faoliyat yuritgan.