Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
TAYINLOV: AKT vaziriga oʻrinbosarlar tayinlandi
21:08 / 2020-06-11

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining oʻrinbosarlari tayinlandi.


Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining oʻrinbosarlari tayinlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-iyundagi qaroriga muvofiq, Pekos Oleg Andreyevich Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

O.Pekos shu vaqtga qadar “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi “Telekommunikatsiya transport tarmogʻi” filiali direktori lavozimida faoliyat koʻrsatib kelgan.

Shu bilan birga, O.Pekos faoliyati davomida “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasida bir qator rahbar lavozimlarida mehnat qilgan. M.A.Bonch-Bruyevich nomidagi Sankt-Peterburg davlat telekommunikatsiyalar universitetida “Axborot tizimlari va texnologiyalari muhandisi” mutaxassisligi boʻyicha tahsil olgan.

Pekos Oleg Andreyevich 1988-yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan.

photo_2020-06-11_21-05-20.jpg

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-iyundagi qaroriga muvofiq, Maxsudov Jamol Tilloyevich Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining telekommunikatsiya infratuzilmasi masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

J.Maxsudov shu vaqtga qadar “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi bosh direktorining istiqbolli rivojlantirish va innovatsiyalar boʻyicha oʻrinbosari lavozimida faoliyat koʻrsatib kelgan.

J. Maxsudov faoliyati davomida “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasida bir qator rahbar lavozimlarida mehnat qilgan. 2017-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri oʻrinbosari lavozimida ham faoliyat yuritgan. Toshkent elektrotexnika aloqa institutida “Elektr aloqa muhandisi” mutaxassisligi boʻyicha tahsil olgan.

Maxsudov Jamol Tilloyevich 1972-yilda Buxoro viloyatida tugʻilgan.

Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining oʻrinbosari lavozimida faoliyat koʻrsatayotgan Yuldashev Kahramon Anvardjanovich AKT vazirining agrar sohasini raqamlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga, Egamberdiyev Jamshid Sharifjonovich AKT vazirining investitsiyalar va moliya masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga, Olmatov Baxromjon Adxamovich AKT vazirining axborot xavfsizligi va rejim masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

photo_2020-06-11_21-05-23.jpg