Tayekvondo: Osiyo chempionatini yoshlarimiz beshta medal bilan yakunladi
Livan poytaxti Bayrut shahrida tayekvondo WT bo‘yicha kadetlar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi.
Uch kun davom etgan musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi uch oltin va bittadan kumush hamda bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Musobaqaning so‘nggi kunida hamyurtimiz Jahongir Serikbayev bahslarga kirishdi va oltin medal sohibiga aylnadi.
Jahongir musobaqa davomida livanlik Kristian Zeynunni, qozog‘istonlik Mahmut Muhammedalini, finalda esa Iordaniya vakili Bella Almuatazni mag‘lubiyatga uchratdi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA