Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarda imtihonlar o‘tkazildi
11:22 / 2022-08-06

Poytaxtimizda Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarining imtihonlari bo‘lib o‘tdi.

2022-2023 o‘quv yilida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning faqat 5-sinfiga, Mirzo Ulug‘bek va Abu Ali Ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablariga esa faqat 7-sinfga qabul bo‘lib o‘tmoqda.

Qabul jarayonlari  30 iyul kuni o‘z nihoyasiga yetdi. Tasdiqlangan jami arizalar soni 15 ming 675 tani tashkil etdi. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga 10 ming 282 ta, Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga 3 ming 149 ta va Abu Ali Ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga esa 2 ming 18 ta hujjat kelib tushgan.

[gallery-8189]

Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarda imtihonlar bir bosqichda amalga oshiriladi. Kirish imtihonida berilgan topshiriqlarni bajarish uchun 120 daqiqa vaqt ajratildi.

Aytish kerakki, 2022-2023 o‘quv yili uchun tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar qabuli joriy yilning 1-30 iyul kunlari onlayn shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshirildi. Qabul jarayonlari davomida 1206 qisqa raqami - Call markazi tashkil qilindi. Call-markaz mutaxassislari tomonidan har kuni 08:00 dan 20:00ga qadar kelib tushayotgan savollarga doimiy tarzda javob berib borildi.

Bundan tashqari, qabul yuzasidan telegram ijtimoiy tarmog‘idagi piimasavollar_bot orqali eng ko‘p kelib tushgan savollarga mutaxassislardan javoblar olinib, ijtimoiy tarmoqlar orqali jonli bayonotlar tarzida e’lon qilib borildi.

N.Usmonova, O‘zA