French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Taxtakoʻpir tumanida 1000 oʻrinli stadion qurib bitkazilmoqda
12:24 / 2020-07-18

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Taxtakoʻpir tumanida joriy yilda keng koʻlamdagi bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda.


Qoraqalpogʻiston Respublikasi Taxtakoʻpir tumanida joriy yilda keng koʻlamdagi bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Tuman markazidagi koʻchalar kengaytirilib, bir nechta yangi iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy obyektlar qurib bitkazilmoqda.

Yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish maqsadida qad rostlagan zamonaviy sport stadioni ana shunday yangi qurilish obyektlaridan. Ming oʻringa moʻljallangan stadion “GOLDEN STAR” masʼuliyati cheklangan jamiyati quruvchilari tomonidan bunyod etilmoqda. Qurilish ishlari yakunlanish arafasida. Ayni paytda bunyodkorlar oʻrindiqlarni joylashtirish, yugurish maydonchasida yoʻlaklarni chizish, yuvinish xonalariga mebel jihozlarini oʻrnatish ishlari bilan band.

Stadionda yoshlar futbol va yengil atletika sport turlari bilan shugʻullanishi uchun imkoniyatlar yaratilgan.