Taxmina Ikromova “Universiada-2025”da porlamoqda
Germaniyada davom etayotgan XXXII Butunjahon yozgi Universiada o‘yinlarining badiiy gimnastika bahslarida hamyurtimiz Taxmina Ikromova bulavada mashq bajarishda shohsupaga ko‘tarildi.
Biroz avval gimnastikachimiz halqada mashq bajarishda oltin medalga ega chiqqan bo‘lsa, bulavada o‘tgan bellashuvlarda 27.900 ball bilan kumush medalni qo‘lga kiritdi. Darvoqe, u to‘pdagi bahslarda to‘rtinchi bo‘ldi. Taxmina Ikromova bir necha daqiqadan so‘ng tasmada mashq bajarish bo‘yicha final bosqichida qatnashadi. Umid qilamizki, ushbu yo‘nalishda ham medallarga sazovor bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobida ayni damda 1 ta oltin hamda 3 ta kumush medal bor.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA