Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Taxmina Ikromova Milanda ikki bora shohsupaga ko‘tarildi
09:01 / 2024-06-24

Italiyaning Milan shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha jahon kubogining so‘nggi, beshinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Quvonarlisi, dunyoning o‘ndan ortiq davlatidan kelgan gimnastikachilar ishtirok etgan mazkur musobaqada hamyurtimiz Taxmina Ikromova yakkalik yo‘nalishida ikki bora shohsupaga ko‘tarildi.

Halqada mashq bajarishda Taxmina Ikromova final bosqichida 34.100 ball jamg‘arib bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Ushbu yo‘nalishda Zilu Vang (Xitoy )oltin, Alina Xarnasko(Neytral) kumush medalni qo‘lga kiritdi.  

Shuningdek, gimnastikachimiz to‘pda mashq bajarishda 34.400 ball bilan shohsupaning uchinchi o‘rnidan joy oldi. Bahslarning oltin va kumush medallari Darya Varfolomeyev (Germaniya) va Sofia Raffayeliga (Italiya) nasib etdi.  

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA