Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Taxmina Ikromova jahon kubogini oltin medal bilan boshladi
11:50 / 2025-04-27

Poytaxtimizda badiiy gimnastika bo‘yicha o‘tayotgan jahon kubogining uchinchi bosqich musobaqasida dastlabki g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

Quvonarlisi, jahon kubogida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Taxmina Ikromova ko‘pkurashda 112.25 ball to‘plab oltin medalni qo‘lga kiritdi. Ushbu yo‘nalishda germaniyalik Darya Vafolomeyev kumush, polshalik Liliana Levinska bronza medali bilan taqdirlandi.

Shuni ta’kidlab o‘tishimiz lozimki, Bolgariyaning Sofiya shahrida o‘tkazilgan joriy yilgi jahon kubogining ilk bosqichida Taxmina Ikromova bulavada kumush, ko‘pkurash va to‘p bilan chiqishda bronza medallari sohibasiga aylangan edi.

Shuningdek, guruh mashqlarida Mumtoza Ishoqzoda, Evelina Atalyans, Amaliya Mamedova, Irodaxon Sodiqova, Adelya Fayzulina i Maftuna Zairovadan tashkil topgan O‘zbekiston terma jamoasi kumush medaliga ega chiqdi. Polsha termasi oltin, Xitoy esa bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Bugun, 27 aprel kuni musobaqaning yakuniy kunida alohida yo‘nalishlar bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi.    

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA