Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Taxmina Ikromova jahon kubogi sovrindori
14:09 / 2024-04-15

Bolgariyaning Sofiya shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha jahon kubogi bosqichi yakunlandi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Taxmina Ikromova kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Taxmina Ikromova musobaqaning to‘p bilan mashq bajarish dasturida 34.050 ball bilan ikkinchi o‘rindan joy oldi. Shuningdek, u bulavadagi mashqda 30.750 ball bilan beshinchi, halqadagi dasturda esa 33.300 ball bilan oltinchi natijani qayd etdi.  

Ma’lumot uchun, badiiy gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining boshqa bir a’zosi Anastasiya Saranseva ko‘pkurash dasturida 122.7 ball bilan o‘n to‘qqizinchi pog‘onaga joylashdi.  

 

Javohir Toshxo‘jayev,  

O‘zA