Taxmina Ikromova Ispaniyada kumush medaliga ega chiqdi
Ispaniyaning Marbelya shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha o‘tkazilgan Gran-pri musobaqasida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Taxmina Ikromova yana bir bor shohsupaga ko‘tarildi.
Taxmina Gran-pri turnirining to‘p bilan mashq bajarishda 28,100 ball natija qayd etdi. Bu esa gimnastikachimizga kumush medalini keltirdi. Endi T.Ikromova aprel oyida Bolgariyada bo‘lib o‘tadigan Jahon kubogining birinchi bosqichida ishtirok etadi.
Darvoqe, Ispaniyadagi Gran-pri musobaqasida latofatli sportchimiz ko‘pkurash bahslarida 111.650 ball to‘plab, shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy olgan edi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA