FOTOREPORTAJ
Qizilmiya ildizi foydali elementlarga juda boy bo‘lib, undan farmatsevtika sohasida keng qo‘llaniladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 15 fevraldagi «Qizilmiya ildizi va boshqa dorivor o‘simliklarni yetishtirish va sanoat usulida qayta ishlashni samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori asosida Qoraqalpog‘istonda qator ishlar olib borilmoqda.
[gallery-24183]
Shu yo‘nalishda Taxiatosh tumanida «Licorice Trade expo» mas’uliyati cheklangan jamiyati tashkil qilindi. Loyihaning qiymati 3,9 milliard so‘mni tashkil etib, ayni paytda korxonaga xitoylik investorlar tomonidan keltirilgan yangi texnologiyalarni tajribali muhandislar yordamida o‘rnatish jarayoni yakuniga yetayotir. Bu yerda asosan ishsiz xotin-qizlarning bandligini ta’minlashga e’tibor qaratilmoqda.
- Ishga kelganimga ko‘p bo‘lgani yo‘q va hozirda qo‘l mehnati bilan qizilmiya ildizini saralash va tozalash ishlarini bajaryapmiz, - deydi korxona ishchisi Bozorgul Boboyeva. - Mehnat haqimizni vaqtida olib turibmiz. Korxona to‘liq ishga tushsa, yana ko‘plab xotin-qizlar ish bilan ta’minlanishi kutilmoqda.
Loyihaga ko‘ra, Taxiatoshdan tayyor qizilmiya ildizi eksportga chiqarilishi rejalashtirishgan.
Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA