Mustaqilligimizning 30 yilligi bayrami munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh tumanida “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida ochiq osmon ostida targ‘ibot tadbiri bӯlib ӯtdi.
Tadbirda Ӯzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati B.Aldamuratov, O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi apparat rahbari Sh.Otemisov, Taxiatosh tuman hokimi I.Matkarimov va boshqalar istiqlolimiz sharofati bilan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar iqtisodiyotimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yuksaltirishga xizmat qilayotganini e’tirof etdi.
Ayniqsa so‘nggi yillarda barcha sohalarda tub o‘zgarishlar yuz bermoqda. Respublikamizning shaharlaridan tortib eng chekka qishloqlargacha chiroy ochib, ko‘rgan kishining havasini keltiradi.
Bu borada Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxiatosh tumanida ham keng kӯlamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Ayniqsa, tumanning ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan o‘zining munosib hissasini qo‘shayotgan Taxiatosh issiqlik elektr energiyasi nafaqat Orolbӯyida, balki mamlakatimizdagi eng yirik sanoat korxonalaridan biri hisoblanadi. Mazkur stansiya Xorazm viloyati hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholisini elektr energiyasi bilan ta’minlab kelmoqda. Davlatimiz rahbarining maxsus qarori asosida barpo etilgan stansiyaning yangi bug‘-gaz qurilmasining so‘nggi testlash ishlari amalga oshirilmoqda. Buning afzal jihati esa tabiiy gazga bo‘lgan ehtiyojini kamaytiradi.
Bundan tashqari stansiya qoshida diagnostika markazi ham ishga tushirildi. Qolaversa, aholining salomatligini mustahkamlash maqsadida “Naymanko‘l” ovul fuqarolar yig‘inidagi davolash muassasasi qayta ta’mirlanib, oilaviy poliklinikaga aylantirildi.
O‘tkazilgan bayram tadbirida besh yil davomida amalga oshirilgan ishlarning videorolik shaklidagi hisoboti, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan har bir sohada amalga oshirilayotgan ishlar namoyish etildi.
Tadbir davomida madaniyat, sport, ilm-fan, tadbirkorlik sohasida yutuqlarga erishgan yoshlar so‘zga chiqdi.
Bayram tadbiri qoraqalpoq estrada va tuman madaniyat bo‘limi xonandalarning kuy-qo‘shiqlari bilan davom etdi.
Dovud Abibullayev, O‘zA