Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Taxiatosh tumani jamoasi g‘olib bo‘ldi
17:27 / 2025-07-23

Nukus shahrida 14-30 yoshdagi mahalla qizlari o‘rtasida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida sportning Gimnastrada sport turi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Nafis gimnastik harakatlar va akrobatik elementlarga boy bir biridan qiziqarli chiqishlarni sinchkovlik bilan kuzatib borgan hakamlar jamoasi yakunda g‘oliblarni aniqlashdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, birinchi o‘rinni Taxiatosh tumani, ikkinchi o‘rinni Taxtako‘pir tumani, uchinchi o‘rinni Shumanay tumani jamoalari egalladi.

Musobaqada g‘oliblar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi. G‘olib jamoa musobaqaning mamlakat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri