Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasida quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi
16:34 / 2023-07-19

Davlatimiz rahbarining joriy yil 16 fevraldagi “2023 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qaroriga asosan “Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyati hamda tizim korxonalarida energiya samaradorligini oshirish va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, innovatsion taraqqiyotni jadallashtirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ushbu fotoelektr stansiyasiga monokristall turdagi 1500 dan ortiq panel o‘rnatilgan bo‘lib, “On Grid” rejimida ishlashga mo‘ljallangan. Yashil fotoelektr stansiyasi ishga tushirilishi bilan yiliga qo‘shimcha 1,8 million.kVt/soat atrofida elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Buning natijasida, o‘z ehtiyoji uchun sarflanadigan sutkasiga 7000 kVt/soat elektr energiyasi hamda yiliga 400 ming.kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinishiga erishiladi. Bundan tashqari, stansiyadagi yirik energoqurilmalar elektrodvigatellariga chastota rostlovchi qurilmalar, 380 dona quyosh panelli ko‘cha yoritgichi va 260 dona harakat datchiklari binolarga o‘rnatilib, 253,2 ming.kVt/soat elektr energiyasi iqtisod qilindi. 

Ayni paytda korxonada energiya tejovchi uskunalarni keng tatbiq etish maqsadida chora-tadbirlar ishlab chiqilgan bo‘lib, quvvati 90 kVtli 250 dona va 150 kVt li 130 dona, 27 dona chastota rostlovchi qurilma va 100 dona harakat (sensor) datchigini korxonaning hududlariga o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.  

Dovud Abibullayev, O‘zA