Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Taxiatosh" IESda quyosh fotoelektr stansiyasi qurilmoqda
14:02 / 2023-04-17

Energetika vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, "Taxiatosh" issiqlik elektr stansiyasi tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun sarflanadigan elektr energiyasini muqobil energiyadan qoplash choralari ko‘rilmoqda.

Ayni kunlarda stansiyada quvvati 1 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi bunyod etilmoqda.  

Yirik loyiha asosida o‘rnatiladigan hududlarda konstruksiya ishlari tugatilib, quyosh panellarini o‘rnatish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.  

Mazkur stansiya foydalanishga topshirilgach, yiliga 1,8 million kVt•soat elektr energiyasini ishlab chiqaradi.  

Buning natijasida yiliga 400 ming metr kub tabiiy gaz iqtisod qilinishiga erishiladi.  

N.Ziyodullayeva, O‘zA