French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Taxiatosh IESda ikkinchi bug‘-gaz qurilmasi to‘liq quvvatga chiqarildi
14:35 / 2021-02-23

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasida har birining quvvati 280 MVt bo‘lgan ikkita bug‘-gaz qurilmasini qurish investitsion loyihasining amalga oshirilishi doirasida ikkinchi bug‘-gaz qurilmasi to‘liq quvvatga chiqarilib, funksional sinash ishlari davom ettirilmoqda.

Bu haqda “Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati ma’lum qildi.  

Ushbu investitsion loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 sentyabrdagi «Taxiatosh IESda 23-280 MVt quvvatga ega ikkita parogaz qurilmalarini qurish» investitsiya loyihasini amalga oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori asosida amalga oshirilmoqda. Stansiyadagi quvvati 280 MVt bo‘lgan birinchi bug‘-gaz qurilmasi 2020 yilning dekabr oyida to‘liq quvvat bilan ishga tushirilgan edi.

Loyihaning joriy etilishi bilan stansiyaning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari oshadi. Natijada, 1 kVt soat elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun sarflanadigan shartli yoqilg‘i miqdori 164,3 gr/kVt soatga kamayadi, bu esa bir yilda 488,6 million kub metr tabiiy gaz tejalishiga olib keladi.

Zamonaviy va energosamarador texnologiyalarning ishga tushirilishi Orolbo‘yi hududida ekologik vaziyatni yaxshilash, tabiatni muhofaza etishda ham muhim ahamiyatga ega. Birgina suv resurslariga bo‘lgan ehtiyojning o‘zi yiliga 452 million kub metrdan 159 million kub metrga kamayadi. Shuningdek, atmosferaga chiqayotgan zararli gazlar 3,2 barobarga, azot oksidi 3,5 barobarga, asosiy bug‘ gazlarining chiqishi yiliga 972,22 ming tonnagacha kamayishini ta’minlaydi.

 

Dovud Abibullayev, O‘zA