Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Ta’viz ul-oshiqin” devoni nashr bo‘ldi
18:11 / 2023-04-29

Mumtoz adabiyotimizning eng yirik vakillaridan biri, Navoiydan so‘ng “eng ko‘p va xo‘p” yozgan shoir degan e’tirofga loyiq ko‘rilgan Muhammadrizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiyning “Ta’viz ul-oshiqin” (Oshiqlar tumori) devoni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi homiyligida nashrdan chiqdi.

Ogahiy nafaqat Sharq mumtoz adabiyoti, balki jahon adabiyoti xazinasiga o‘tlig‘ g‘azallari, tarixiy asarlari va tarjimalari bilan munosib hissa qo‘shgan zabardast o‘zbek shoirlaridan hisoblanadi.

Ogahiy o‘z davridayoq mahoratli tarjimon, zabardast tarixnavis sifatida nom qozongan edi. Ammo u eng avvalo iste’dodi baland, tug‘ma shoir edi.

“Ta’viz ul-oshiqin” bunga dalildir.

Devondan shoirning g‘azal, ruboiy, qit’a, mustazod, murabba’, muxammas, musaddas, tarje’bandlari joy olgan.

Ogahiy qalamida turkiy kalom o‘ziga xos jaranglaydi. Ijod namunalari go‘zal va teran, badiiy yuksakligi bilan davrlar osha nazm ixlosmandlari hurmatiga sazovor bo‘lib keladi.

Ta’kidlash joizki, Ogahiy o‘zining barcha asarlari qatori ushbu bebaho devoni bilan ham iymon va vijdonni, yaxshilik va ezgulikni targ‘ib qiladi, yomonlik va gunoh ishlarga qarshi turadi.

Devondan o‘rin olgan har bir satr ko‘ngilga xitob qiladi. Qalbni isloh qilishga, nafsdan kechib, insonni o‘ziga, qolaversa, Haqqa yuzlanishga da’vat qiladi. 

Ogahiy boboning ushbu devonini, albatta, o‘qing.

Devonni nashrga tayyorlovchi va so‘zboshi muallifi adabiyotshunos Sayfiddin Rafiddinov.

                                                                                                             O‘zA