Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tavbasiga tayanmagan qalbaki pulfurush ushlandi
19:40 / 2026-02-11

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida Namangan viloyatining Chortoq tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qalbaki banknotlarni muomalaga kiritish holatiga chek qo‘yildi.

Xususan, Andijon viloyatining Asaka tumanida istiqomat qiluvchi, 2005 y.t. shaxs “shartli xaridor”ga 200 dona 100 ming so‘mlik va 125 dona 200 ming so‘mlik kupyuradagi qalbaki 45 mln so‘mни 18 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlandi. 

Shuningdek, uning yonidan qo‘shimcha 100 ming so‘mlik kupyuradagi 5 mln so‘m miqdoridagi qalbaki pullar ham olindi. 

Bundan tashqari, uning yashash xonadonidan noutbuk, rangli printer va bo‘yoqlar hamda qog‘ozlar ashyoviy dalil sifatida olindi.

Ta’kidlash lozimki, mazkur fuqaro muqaddam aynan shunday jinoyatni sodir etganligi uchun sudlangan shaxs hisoblanadi.

Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 176-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.