Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tavakkalchilikka asoslangan o‘yin fosh etildi
11:42 / 2025-07-23

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Angor tumanida g‘ayriqonuniy xo‘roz urushtirish va qimor o‘yini bilan shug‘ullanib kelgan jinoiy guruhning qilmishlari fosh etildi.

Viloyat IIB tezkor qidiruv xizmati jinoyat qidiruv boshqarmasi uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi va Angor tumani IIB tezkor qidiruv xizmati jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari o‘tkazgan reyd chog‘ida Angor tumanida yashovchi o‘ttiz yoshdagi Javlon Yodgorov (ism-sharif o‘zgartirildi) jinoyat yo‘li bilan daromad orttirish maqsadida bino sotib olib, ko‘p miqdordagi pul evaziga tavakkalchilikka asoslangan qimor va xo‘roz urushtirish o‘yinlarini tashkil etib kelganini aniqladi.

Tezkor tadbirda “qora bozor”da har biri o‘rtacha ming dollarga baholangan 12 dona “jangovar xo‘roz” hamda o‘yinga tikilgan 27 million 850 ming  so‘m pul ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

Tavakkalchilikka asoslangan noqonuniy o‘yinda ishtirok etgan xo‘roz egalari 20, 27, 32, 40, 44, 63 yoshlardagi Sherobod, Uzun va Termiz tumanida istiqomat qiladigan shaxslar ekani ma’lum bo‘ldi. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Xolmo‘min Mamatrayimov,

O‘zA muxbiri