Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tatyana Hekker: Odamlar o‘z hayoti ijobiy tomonga o‘zgarib borayotganini aytmoqda
17:20 / 2021-10-24

Tatyana Hekker Germaniyaning «Berliner Telegraph» jurnalida maxsus muxbir bo‘lib ishlaydi.

Germaniyalik hamkasbimiz mamlakatimizda kechayotgan muhim siyosiy jarayon – saylov haqida o‘zi faoliyat yuritayotgan nashrning veb-saytiga tezkor ma’lumotlar, xabar va materiallar tayyorlamoqda.

- Saylov - har bir xalqning kelajagi, taqdiri uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yirik siyosiy kampaniyadir,- dedi T.Xekker. – Odamlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti uchun o‘tkazilayotgan saylovga pozitiv, ijobiy, xursand kayfiyatda kelmoqda. Bu jihat juda ko‘p narsalarni anglatadi. Ular saylovda shunchaki qatnashmayapti, menimcha ular o‘zlari uchun tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga qodir bo‘lgan nomzodni saylashmoqda.  

Aytish mumkinki, O‘zbekistonda bo‘lib o‘tayotgan saylov jarayonlari boshqa mamlakatlar uchun ham juda ibrat olishga arzigulik tarzda kechdi. Men 105-, 539- 231-saylov uchastkalarida bo‘ldim. Va saylovlarning belgilangan tartib va qoidalarga og‘ishmay amal qilingan holda o‘tkazilganiga guvoh bo‘ldim.

O‘zbekiston bugun shiddat bilan zamonaviy qiyofaga kirib bormoqda. Odamlar o‘z hayoti ijobiy tomonga o‘zgarib borayotganini aytmoqda. Bu esa quvonchli holatdir.

 

O‘zA muxbiri Nazokat Usmonova yozib oldi.