Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“TATU yosh olimlari” I forumida 100 dan ziyod dasturiy ishlanmalar namoyish etildi
15:09 / 2023-04-12

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning hududiy filiallari ishtirokida ilmiy tadqiqot ishlari bo‘yicha hamkorlikni yanada kuchaytirish, o‘zaro tajriba almashishni yangi bosqichga olib chiqish, ilmiy ishlar sifatini oshirish maqsadida “TATU yosh olimlari” I forumi tashkil etildi.

Forum doirasida universitet va uning hududiy filiallari yosh olimlari va iqtidorli talabalarining ilmiy ma’ruzalari tinglandi. Dasturiy vositalarni yaratish, apparat-dasturiy vositalarni loyihalash, sun’iy intellekt, axborot xavfsizligi kabi yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy muammolar muhokamasi hamda 100 dan ziyod dasturiy va apparat-dasturiy ishlanmalarning namoyishi bo‘lib o‘tdi.  

Forum yakunida universitet va uning hududiy filiallari ilmiy muammolarining yechimlari bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi. Hamkorlikda ilmiy ishlarni bajarish bo‘yicha istiqbolli rejalar, ilmiy ishlanmalarni amaliyotga keng joriy etish va tijoratlashtirish bo‘yicha qator vazifalar belgilandi.  

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti respublikada axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlovchi tayanch oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Universitet bilan birgalikda uning Qarshi, Samarqand, Urganch, Nukus, Farg‘ona va Nurafshon filiallarida ham axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlanmoqda.  

bugungi kunda universitet va uning filiallarida jami 26 ming 89 nafar talaba tahsil olmoqda.   

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA