Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«TATU yosh olimlari» I-forumi: ilmiy muhokamalar, dasturiy ishlanmalar namoyishi
10:22 / 2023-04-11

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning hududiy filiallari talabalari ishtirokida «TATU yosh olimlari» I-forumi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda yosh olimlar va iqtidorli talabalar ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etmoqda. Forumda dasturiy vositalarni yaratish, apparat-dasturiy vositalarni loyihalash, sun’iy intellekt, axborot xavfsizligi kabi yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy muammolar muhokamasi o‘tkaziladi. 100 dan ortiq dasturiy  va apparat-dasturiy ishlanmalarning namoyishi tashkil etiladi.    

Universitet va uning hududiy filiallarida bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha hamkorlikni yanada kuchaytirish, o‘zaro tajriba almashish maqsadida o‘tkazilayotgan forum yakunida ilmiy muammolarning yechimlari bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilinadi. Hamkorlikda ilmiy ishlarni bajarish bo‘yicha istiqbolli rejalar belgilanadi. Ilmiy ishlanmalarni amaliyotga keng joriy etish va tijoratlashtirish bo‘yicha vazifalar belgilanadi.  

 

O‘zA