English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
TATU talabalari yaratgan ilova “Huawei ICT Global” tanlovida Top-3 likka kirdi
11:51 / 2025-05-30

Bugungi kunda sun’iy intellekt imkoniyati cheklangan insonlarga ham ko‘plab imkoniyatlar beryapti. Misol uchun, ko‘zi ojiz insonlar foydalanishi uchun ovozli qo‘llanmalar, ya’ni audiokitoblar yaratilmoqda. Eshitish bo‘yicha nuqsoni borlar uchun ham turli ilovalar taqdim etilyapti.

Bu borada Xitoyda o‘tkazilgan "Huawei ICT Competition" global tanlovida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari jamoasi o‘zining “Sahiya” – SI asosidagi eshitish qobiliyati past odamlar uchun mo‘ljallangan intellektual ilovani taqdim etishdi. 

Bu ilova orqali o‘zbekistonlik yoshlar tanlovda uchinchi o‘rinni egallashdi.

Bundan tashqari Bahrayn, Iroq, Qozog‘iston, Livan, Pokiston va Saudiya Arabistoni kabi mamlakatlar jamoalari "Tarmoqlar", "Bulut", "Hisoblash" va "Innovatsiyalar" kabi musobaqa yo‘nalishlarida ko‘plab mukofotlarga sazovor bo‘lishdi.

Yoshlar o‘zlarining ilg‘or mahoratini namoyish etish orqali mintaqadagi raqamli bilimlarning jadal rivojlanishini tasdiqladilar. 

N.Rahmonova, O‘zA