Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
TATU talabalari xalqaro matematika olimpiadasida faxrli o‘rinni egalladi
09:40 / 2023-04-30

Mamlakatimizda talaba-yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Ularning xalqaro fan olimpiadalarida faol ishtirok etishlari uchun sharoit yaratib berilmoqda.

 O‘zbekiston va Turkmaniston Respublikalari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, iqtidorli talaba-yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Turkmaniston ta’lim vazirligi Xalqaro gumanitar fanlar va taraqqiyot universitetida "OMOUS-2023" xalqaro matematika olimpiadasini tashkil etdi. 13 davlat oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasidagi intellektual bellashuvlarda 280 dan ortiq, yurtimizdan 41 nafar talaba ishtirok etdi. 

Matematika fanining A. kategoriyasida ishtirok etgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 4 nafar talabasi muvaffaqiyat qozonib, Asadbek Sindarov ikkinchi, Ixtiyor Teshaboyev, Javohir Isroilov, Muzaffar Sahidinov uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. 

Umumiy hisobda TATU talabalari mazkur xalqaro matematika olimpiadasida 60 davlat yoshlari orasida faxrli ikkinchi o‘rinni egalladi. 

M.Qosimova, 
O‘zA