Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
TATU talabalari – Xalqaro fan olimpiadasi sovrindori
13:36 / 2024-03-12

Joriy yil 3-8-mart kunlari Turkmanistonda talabalar o‘rtasida matematika bo‘yicha ochiq fan olimpiadasi – Open Mathematical Olympiad for University Students (OMOUS) bo‘lib o‘tdi.

Anjumanning yakkalik bahsida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Kiberxavfsizlik fakulteti talabalari Javohir Isroilov va Asadbek Sindorov 3-o‘rinni egallab, bronza medalni qo‘lga kiritdi. Ixtiyor Teshaboyev va Muzaffar Sahadinov ham musobaqada munosib qatnashib, umumjamoa hisobida g‘olib chiqdi.

Mazkur nufuzli olimpiada AQSH, Rossiya, O‘zbekiston, Xitoy, Bolgariya, Ispaniya, Meksika, Indoneziya kabi davlatlarning yetakchi universitetlaridan 500 ga yaqin bo‘lajak matematik qatnashdi.

G.Sattorova,

O‘zA