Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
TATU dotsenti avtochiqindilarga qarshi ekologik qurilma ishlab chiqdi
11:55 / 2026-02-19

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti dotsenti Behzod Jumamurodov avtomobillardan chiqadigan zararli gazlarni kamaytirishga qaratilgan yangi ekologik qurilma ishlab chiqdi.

Yangi qurilma dizel va benzin yoqilg‘isida harakatlanuvchi transport vositalariga o‘rnatish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, atmosferaga chiqariladigan zararli moddalar miqdorini 80 foizgacha kamaytirish imkonini beradi.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, qurilma hozirga qadar dastlabki texnik sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan. Sinov jarayonlarida uning samaradorligi hamda ekologik xavfsizlik talablariga mosligi tasdiqlangan.

Ayni paytda mazkur ixtironi amaliyotga joriy etish, ishlab chiqarishga tatbiq qilish hamda transport vositalariga moslashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy ishlar olib borilmoqda. Kelgusida ushbu qurilmani ommaviy ravishda qo‘llash orqali shahar havosining ifloslanish darajasini sezilarli kamaytirish ko‘zda tutilmoqda.

Ixtiro transport sohasida ekologik standartlarni yaxshilash, atrof-muhit muhofazasini kuchaytirish hamda jamoat salomatligini saqlashga xizmat qilishi kutilmoqda.

Nigora Rahmonova, O‘zA