Ta’til maroqli o‘tdi
FOTOREPORTAJ
Ma’lumki, umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘quv yilining birinchi choragini yakunlab, kuzgi ta’tilda hordiq chiqardi. Ta’tilni maroqli va mazmunli tashkil etish maqsadida Surxondaryo viloyati ta’lim maskanlarida qator tanlov va musobaqalar o‘tkazildi. Xususan, o‘quvchilarning diqqatga sazovor manzillarga sayohatlari tashkil etildi.
Kuni kecha Denov va Sherobod tumanlaridagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 400 ga yaqin faol o‘quvchisi Termiz davlat muzey qo‘riqxonasi hamda Termiz hayvonot bog‘iga sayohat qildi.
Ta’kidlash kerak, viloyatda jami 960 ta umumta’lim maktabi mavjud bo‘lib, ularda 540 ming 387 nafar o‘quvchi saboq olmoqda.
[gallery-14490]
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA fotomuxbiri