French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tatariston Respublikasi Prezidenti Jizzaxda
10:14 / 2022-10-11

Jizzax viloyati hokimi Ergash Soliyev O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Rossiya Federatsiyasining Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Minnixanov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashdi.

Jizzax viloyati hokimligida o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston va Tatariston Respublikalari o‘rtasidagi hamkorlik sifat jihatidan yuqori darajaga chiqqanligi ta’kidlanib, investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari haqida so‘z bordi.

Tatariston Respublikasida rivojlangan sohalar – avtomobilsozlik, energetika, kimyo sanoati, metallurgiya, qishloq xo‘jaligida Jizzax viloyati bilan hamkorlik qilinishi, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha fikrlashildi.

Tataristonning “Ximgrad” texnopolisi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparkiga o‘xshash industrial parkini “Jizzax” MIZ hududida tashkil etish taklif etildi.

Ma’lum qilinishicha, hamkorlik natijasida O‘zbekiston va Tatariston o‘rtasida savdo hajmi 1 milliard AQSH dollariga yetkaziladi.

Delegatsiya a’zolari “IT Park” Jizzax viloyati filiali hamda Jizzax shahridagi Prezident maktabi faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi.

So‘ng Qozon Federal universiteti filialining ochilish marosimida ishtirok etdi.

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA