Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tatariston Prezidenti yurtimizga tashrifini Samarqanddan boshladi
19:43 / 2019-11-25

Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Minnixonov bugun – 25-noyabr kuni tashrif bilan yurtimizga keldi.


Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Minnixonov bugun – 25-noyabr kuni tashrif bilan yurtimizga keldi.

Samarqand xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonni Samarqand viloyat hokimi E.Turdimov kutib oldi.

Viloyat hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, ayni paytda R.Minnixonov Samarqand shahrida yurtimizdagi tatar millati vakillari bilan uchrashuv oʻtkazmoqda.

R.Minnixonovning 2017-yil sentyabr oyidagi yurtimizga tashrifi ham Samarqanddan boshlangan edi. Tatariston Prezidenti oʻshanda Samarqanddagi tarixiy-madaniy yodgorliklar, muqaddas qadamjolarni ziyorat qilgandi.

Bu galgi tashrif dasturidan Samarqand bilan yaqindan tanishish hamda viloyatdagi ishlab chiqarish korxonalarida boʻlish oʻrin olgan.