Tatariston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, sanoat va savdo vaziri Oleg Korobchenko boshchiligidagi mas’ul mutasaddilar va yirik korxonalar rahbarlardan iborat delegatsiya xizmat safari bilan Buxoro viloyatida bo‘lib, “Buxoro sanoatni rivojlantirish majmuasi” maxsus sanoat parki faoliyati bilan tanishdi.
Bugungi kunda maxsus sanoat parkida loyihalashtirilgan dastlabki bosqichdagi qurilish ishlari yakuniga yetkazilib, park zarur infratuzilma bilan ta’minlangan. Shuningdek, ob’ektda kelishuvga asosan xorijiy davlatlarning 18 ta kompaniyasi tomonidan 400 million AQSH dollari qiymatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish bo‘yicha loyiha tashabbuskorlari tomonidan ham ishlar boshlangan.


Tatariston Respublikasi mutasaddilari va ishbilarmon doira vakillaridan iborat delegatsiya a’zolari viloyat mutasaddilari bilan hududning sanoat va eksport salohiyatini rivojlantirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etish yuzasidan fikrlashib oldi.
Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.