Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tatariston innovatsion soha mutaxassislari Toshkentda
19:15 / 2022-03-22

Toshkentda o‘tkaziladigan Xalqaro investitsiya forumida qatnashish uchun mamlakatimizga kelgan Rossiya Federatsiyasi Tatariston Respbulikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Roman Shayxutdinov boshchiligidagi delegatsiya Innovatsion rivojlanish vazirligiga tashrif buyurdi.

 Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qilgan.
Mehmonlar orasida “Innopolis” meri, ushbu shahar universiteti rektori, OIZ, “IT-park” yuqori texnologiyalar sohasidagi texnopark kabi yirik korxonalar rahbarlari, bir qator vazirliklar va boshqa davlat idoralari mutasaddilari bor edi.

Tataristonliklar bir qator muzokaralarda ishtirok etdilar. Jumladan, delegatsiya rahbari Roman Shayxutdinovni mamlakatimiz innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov qabul qildi.


 

Tomonlar hamkorlikda qo‘shma loyihalar tanlovlarini o‘tkazish g‘oyasini muhokama qildilar. Bunda Qozon federal universiteti va “Innopolis” universiteti olimlari bidan birgalikda ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston va Tatariston tadbirkorlarining qo‘shma startap loyihalari tanlovlarini e’lon qilish bo‘yicha fikr almashildi. Bunda “Innopolis” shahri OIZ va “IT-park” rezidentlariga xorijiy hamkor sifatida muayyan loyihalarda ishtirok etish taklifi bildirildi.

Bundan tashqari mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari ilmiy ishlar bo‘yicha prorektorlari va Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalari direktorlarining ilm-fan bo‘yicha o‘rinbosarlarini Qozon federal universiteti va Innopolis” universitetida tajriba oshirishi masalasi ham ko‘tarildi. Stajirovka davomida mutaxassislarimiz Tatariston innovatsion ekotizimi bilan tanishadilar. Mezbon tomon tadbirlar dasturini ishlab chiqib, O‘zbekiston tomoniga taqdim etadi.
Tatariston delegatsiyasi tashrif davomida vazirlik binosidagi ilmiy va startap ishlanmalari ko‘rgazmasi bilan tanishdi.

O‘zA