English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tatariston delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrifi davomida 20 ta bitim va kelishuv imzoladi
17:52 / 2022-03-24

Jahon matbuoti sahifalarida

CentralAsia.Tatariston prezidenti Rustam Minnixonovning O‘zbekistonga amaliy tashrifi davomida  ikki tomonlama  hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha  20 ta bitim va memorandum imzolandi. Toshkent shahar hokimiyati va Tatariston hukumati o‘rtasida 2022−2023 yillarga mo‘ljallangan  hamkorlikni  kengaytirish bo‘yicha yo‘l xaritasi  imzolandi. Shuningdek, Nijnekamsk munitsipal hududi va  Chirchiq shahri  o‘rtasida munosabatlarni rivojlantirish  to‘g‘risida muayyan kelishuvga  erishildi. 

Qozon federal  universiteti  hamda O‘zbekiston Fanlar akademiyasiningGenomika va bioinformatika markazi, KER-xolding va O‘zbekneftgaz, Innopolis shahri va BilimTech MCHJ, Innopolis AJ maxsus iqtisodiyot zonasi va Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari  texnologik parki  direksiyasi MCHJ, InnopolisUniversiteti va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi  Toshkent axborot texnologiyalari  universiteti ham hamkorlik qilishga kelishib olishdi. Avvalroq, o‘zbek korxonalari "Kamaz", "Tatneft", "Ximgrad", "KER-Xolding"va boshva yetakchi kompaniyalar bilan  faol tarzda hamkorlik qilayotgani xabar qilingan edi. Ushbu tashrif davomida prezident Minnixonov O‘zbekistondagi tatariston diasporasi  vakillari bilan uchrashdi. 

***

O‘zbekiston  va Hindiston birgalikda  harbiy mashg‘ulotlarni o‘tkazmoqda

CentralAsia. O‘zbekistonning Xorazm viloyatidagi Yangiariq poligonida  Hindiston-O‘zbekiston qo‘shma harbiy  mashg‘ulotlari boshlandi, deb xabar beradi IndiaToday telekanali. Ikki tomonlama “Do‘stlik” o‘quv mashg‘ulotlari  uchinchi marotaba o‘tkazilmoqda. Harbiy mashqlarda ishtirok etish uchun Hindistondan Grenader  polki tarkibining bitta polki O‘zbekistonga tashrif buyurdi. U o‘zbek armiyasining Shimoli-G‘arbiy  harbiy okrug qo‘shinlariga kelib qo‘shildi. 

Qo‘shma mashg‘ulotlarda asosiy e’tibor shahar atrofidagi hududlarda aksilterrorchilik  operatsiyalarini o‘tkazishga qaratiladi. 31 martga qadar davometadigan mashqlar ishtirokchilarning  tajriba almashishi va  harbiy tayyorgarligini mustahkamlashga  qaratilgan. Ikkinchi “Do‘stlik” harbiy mashg‘ulotlari 2021 yilning mart oyida  Hindiston shimolidagi Ranixet shahrida bo‘lib o‘tgan edi. 

***

Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasida  Rossiya kinoprokatidagi g‘arb filmlarini qozoq va o‘zbek  filmlariga almashtirish taklif etildi

CentralAsia. Rossiya Davlat Dumasining madaniyat qo‘mitasirahbarining birinchi o‘rinbosari Yelena Drapeko Rossiya kinoprokatidagi g‘arb filmlarini xitoy, hind, qozoq va o‘zbek kinotasmalariga almashtirishni taklif qildi. Deputat  tegishli taklifni Rossiya Madaniyat  vazirligi bilan  muhokama qilishni rejalashtirmoqda. Deputat Drapeko Xitoyda bo‘lganida“ajoyib, tarixiy kartinalar”ni tomosha qilgani va bunday filmlar Rossiyaga kirib bormayotganidan afsusda ekanini  bildirdi. “Ushbu filmlar uslubi va yo‘nalishi bo‘yicha  bizning tomoshabinlarimizga manzur bo‘ladi. Faqat ularni xarid qilish to‘g‘risida kelishib olish zarur”, - deydi RF deputati. “Bizda tomosha qilishga arzigulik yaxshi filmlarimiz ko‘p, shu bilan birga kassalarimizda kam ko‘rsatilgan filmlarni ham tomosha qilishimiz kerak. Bular hind, hitoy, Janubiy Koreya va albatta  MDH qo‘shnilarimizning kinolaridir.  Qozog‘iston va O‘zbekistondan   ko‘rsatishga arzigulik  juda qiziqarli kinolari bor”, - deb qo‘shimcha qildi u. 

I.Abdumalikzoda tayyorladi, O‘zA