French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Tata Steel Chess-2026": Sindorov g‘oliblikka da’vogarlar qatoriga qo‘shildi
10:30 / 2026-01-22

Niderlandiyaning Veyk-an-Zeye shahrida davom etayotgan “Tata Steel Chess-2026” turniri “Masters" guruhining poyoniga yetgan 5-tur o‘yinlari Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindorov uchun omadli bo‘ldi.

Mazkur turda Abdusattorov qora donalarda turnirda qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra yetakchilik qilayotgan amerikalik Xans Nimann bilan murosa yo‘lini tanladi.

Javohir Sindorov oq donalarda turkiyalik 14 yoshli grossmeyster Yagiz Xaan Erdogmusni mag‘lub etishi ortidan yetakchilar qatoriga qo‘shilib oldi.

Bugun, 22 yanvar kuni turnir ishtirokchilari uchun dam olish kuni sifatida belgilangan.

Ertaga o‘tadigan 6-tur o‘yinlari ostonasida AQSH vakili Xans Nimann hamda hamyurtlarimiz Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindorov 3,5 ochko bilan 14 nafar ishtirokchi orasida yetakchilik qilmoqda.

6-turda Abdusattorov turnirda 3 ochko bilan qo‘shimcha ko‘rsatkichlar evaziga 6-o‘rinda borayotgan Gukesh Dommaraju bilan, Javohir Sindorov qora donalarda hindistonlik Aravind Chitxambaram bilan kuch sinashadi.

Turnirda g‘oliblikka da’vogarlik qilayotgan Xans Nimann 6-turda oq donalarda 2,5 ochkoga ega germaniyalik Vinsent Kaymer qarshiligini yengishga harakat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, 13 ta turdan iborat turnir 1 fevralga qadar davom etadi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA