English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Tata Steel Chess-2026": Praggnanandhani yenggan Nodirbek Aravind bilan kuch sinashadi
11:28 / 2026-01-19

Bugun, 19 yanvar kuni Niderlandiyaning Veyk-an-Zeye shahrida davom etayotgan 13 ta turdan iborat “Tata Steel Chess-2026” turniri "Masters" guruhida 3-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Unda Nodirbek Abdusattorov qora donalarda hindistonlik Aravind Chitxambaramga, Javohir Sindorov oq donalarda sloveniyalik Vladimir Fedoseyevga qarshi dona suradi.

Kecha yakunlangan 2-turda Nodirbek Abdusattorov oq donalarda hindistonlik Rameshbabu Praggnanandhani mag‘lubiyatga uchratdi. Javohir Sindorov va niderlandiyalik Anish Giri o‘rtasidagi o‘yinning 44-yurish holatida murosa yo‘li tanlandi.

Ortda qolgan 2 ta tur o‘yinlaridan keyin amerikalik Xans Nimann, hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov va hindistonlik Arjun Erigaisi 1,5 ochko bilan turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda. Javohir Sindorov 9 nafar ishtirokchi qatorida 1 ochkoga ega bo‘lib turibdi.

Shu o‘rinda aytish lozim, Nodirbekning Veyk-an-Zeyedagi kechagi g‘alabasidan keyin FIDE reytingidagi ko‘rsatkichi ancha yaxshilandi. U 12-pog‘onadan 7-qatorga ko‘tarilishga muvaffaq bo‘ldi.

Turnirning so‘nggi 13-tur o‘yinlari 1 fevral kuni o‘tkaziladi.

T.Ro‘ziyev,  

O‘zA