FOTOREPORTAJ
Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 16 yanvar – 1 fevral kunlari Niderlandiyada shaxmat bo‘yicha nufuzli “Tata Steel Chess–2026” xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi.
Musobaqaning «Masters» guruhida 9 ochko jamg‘argan Nodirbek Abdusattorov g‘oliblikni qo‘lga kiritib, mazkur turnir tarixida chempionlikka erishgan ilk o‘zbek shaxmatchisi sifatida tarixga kirdi. Yana bir vakilimiz Javohir Sindarov 8,5 ochko bilan mag‘lubiyatsiz holda ikkinchi o‘rinni egalladi. Uchinchi pog‘onadan esa niderlandiyalik grossmeyster Yorden van Forest joy oldi.
[gallery-27444]
Turnirda tarixiy natijalar qayd etgan shaxmatchilarimiz bugun tongda Toshkent xalqaro aeroportida Sport vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi mutasaddilari, ota-onalari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida tantanali ravishda kutib olindi.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA