Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Tata Steel Chess-2026”: bugun Abdusattorov – Praggnanandha, Sindorov – Giri bahsi o‘tkaziladi
12:14 / 2026-01-18

Niderlandiyaning Veyk-an-Zeye shahrida boshlangan “Tata Steel Chess-2026” turnirining "Masters" guruhida bahs olib borayotgan Abdusattorov va Sindorov kecha o‘tkazilgan 1-tur o‘yinlarida raqiblari bilan murosa yo‘lini tanladi.

1-turda Nodirbek Abdusattorov qora donalarda turkiyalik 14 yoshli grossmeyster Yagiz Xaan Erdogmusga qarshi qora donalarda harakat qildi. Qiziqarli kechgan o‘yinning 41-yurish holatida durang natija qayd etildi.

Amaldagi jahon chempioni hindistonlik Gukesh Dommaradjuga qarshi oq donalarda harakatlangan Javohir Sindorov o‘ta murakkab kechgan uchrashuvda g‘alabaga teng durangga erishdi.

“Tata Steel Chess-2925” g‘olibi Rameshbabu Pragnanandha hamyurti Arjun Erigaisiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Bugun, 18 yanvar kuni nufuzli musobaqaning 2-turida Nodirbek Abdusattorov oq donalarda hindistonlik Rameshbabu Praggnanandha bilan, Javohir Sindorov esa qora donalarda niderlandiyalik Anish Giri bilan ro‘baro‘ keladi.

Kecha 88-bor tashkil etilayotgan nufuzli turnirning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda ta’kidlanganidek, 1938 yildan beri o‘tib kelayotgan “Tata Steel Chess” bahslarida Vishvanatan Anand, Garri Kasparov, Anatoliy Karpov, Magnus Karlsen singari afsonaviy shaxmatchilar g‘oliblikka erishgan, musobaqalarda klassik shaxmat vakillari Maks Eyv, Mixail Botvinnik, Mixail Tal, Boris Spasskiylar dona surgan. Bugungi musobaqalarda qatnashayotganlar aynan ularning izdoshlari ekanligi e’tirof etildi.

13 ta turdan iborat “Tata Steel Chess-2026” musobaqalari 1 fevralga qadar davom etadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA